
Koronavirusga chalingan Ronaldu Portugaliya - Shvetsiya uchrashuvini qanday tomosha qildi? (FOTO)
Koronavirusga chalingan "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasini uyda bo‘lsa ham, qo‘llab-quvvatlab turdi.
35 yoshli portugaliyalik futbolchi instagramdagi sahifasiga Portugaliya – Shvetsiya (3:0) uchrashuvini qanday tomosha qilgani aks etgan suratni joylashtirdi.
“O‘zimni xuddi o‘sha erdagidek his qilyapman. Olg‘a yigitlar, olg‘a Portugaliya!”, - deya izoh qoldirgan Ronaldu.
Fikrlar