Kortda bir tennischimiz qoldi

 

 

Qozog‘istonda ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro tennis turnirining yakkalik bellashuvlarida ishtirok etayotgan hamyurtlarimizdan faqatgina Arina Folts bosh sovrin uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.

Iste’dodli tennischimiz ikkinchi davra uchrashuvda tajribalirossiyalik tennisyai Olga Puchkovaga qarshi kortga chiqdi. Bir osatu etti daqiqa davom etgan bellashuvda Arina 6:3, 6:1 hisobida zafar quchdi.

Albina Xabibulina esa keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan bahsda ukrainalik Veronika Kapshayga 6:7, 6:7 hisobida yutqazib qo‘ydi.

 

Arina Folts yarim finalga chiqish uchun aynan Veronika Kapshay bilan raqobatlashadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!