Koselni "Lion" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Loran Koselni faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.
Foot Mercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Lion"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Frantsuz klubi Koselniga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Tomonlar ayni damda muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etish lozimki, “kanonirlar” ustozi Unai Emeri mavsumlar oralig‘ida himoya zig‘ini yangilamoqchi. O‘z navbatida Koselni ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Koselni o‘tgan mavsum “Arsenal” safida 38ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol urishga erishdi.
Fikrlar