
Koutino "Barselona"da hech kim kutmagan raqamni tanladi
"Barselona" jamoasining yangi a’zosi Filippe Koutino klubda 14-raqam ostida harakat qiladigan bo‘ldi, deya ma’lum qilmoqda Marca nashri.
Mazkur raqam ostida "Barselona" afsonasi, gollandiyalik Yoxan Kroyff to‘p surgan. Koutino Kroyffning muxlislaridan biri bo‘lib, uning 14-raqami ostida harakat qilishni sharaf deb hisoblamoqda.
Qayd etish kerakki, hozirgi vaqtda kataloniyaliklar safida 14-raqam Xaver Maskeranoga tegishli.
Fikrlar