Koutino uzoq muddatga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin
Kecha “Eybar”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan "Barselona" vingeri Filippe Koutino uzoq muddatga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchining chap tizza meniskusi to‘liq yorilgan bo‘lishi mumkin. Agar ushbu tashxis tasdiqlansa, yarim himoyachi operatsiya qilinadi, so‘ng uning tiklanishiga 4 oy muddat talab etiladi. Lekin jarohat nisbatan engilroq bo‘lsa, u bir-ikki oyni o‘tkazib yuboradi xolos.
28 yoshli Koutino joriy mavsum “Barselona” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar