Kovachich "Chelsi"ni tark etib, APLning boshqa klubiga o‘tishga tayyor
"Mail" nashri xabariga ko‘ra, "Chelsi" yarim himoyachisi Mateo Kovachich yozda London klubini tark etadi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli xorvatga asosiy davogar "Manchester Siti" bo‘lib turibdi. Qayd etilishicha, “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchiga qoyil qolgan.
Kovachichning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Xorvatiya terma jamoasi a’zosi "Transfermarkt" portali tomonidan 40 million evroga baholanmoqda.
Yarim himoyachi joriy mavsumda “arsitokratlar” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Kovachich 2018 yildan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar