Kovalev o‘zbek murabbiyi qo‘l ostida navbatdagi jangini mart oyida o‘tkazadi
79,38 kg vazn toifasida WBO versiyasi bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik Sergey Kovalev o‘zining navbatdagi jangini hamyurti Igor Mixalkinga qarshi o‘tkazadi, deya xabar beradi ESPN nashri.
Jang 4 mart kuni Nyu-Yorkda tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Hozirda tomonlar jang borasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Kovalev o‘zbek murabbiyi Abror Tursunpo‘latov qo‘l ostida ilk jangini noyabr oyida ukrainalik Vyacheslav Shabranskiyga qarshi o‘tkazib, ikkinchi raundda texnik nokaut qayd etgan hamda WBO kamarini qo‘lga kiritgan edi.
Mixalkin esa 2 dekabr kuni frantsiyalik Dudu Ngumbuni hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra, IBO titulini himoya qilgan.

Fikrlar