
Krestinin: "Natijadan qoniqmadik"
Superligada 15-tur bahslari start oldi. "Lokomotiv" jamoa bu tur "Olimpik" bilan kuch sinashdi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvdan so‘ng "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Oson bo‘lmagan o‘yin o‘tkazdik. Natijadan qoniqmadik. Bugun o‘z imkoniyatlarimizni hech bo‘lmaganda uchdan bir qismidan foydalanganimizda ham vaziyat boshqacha bo‘lar edi. Afsuski, bitta gol g‘alaba uchun kamlik qiladi.
Jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni qanday kechdi?
Tayyorgarlik a’lo darajada o‘tdi. Qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bajarildi. Nazorat uchrashuvlarini o‘tkazdik. Transfer kampaniyasi ham imkoniyatlarimizdan kelib chiqqan xolda amalga oshirildi. Biroz vaqt kerak. Hammasi o‘z o‘rniga tushadi.
Shogirdlaringiz gol kiritgandan so‘ng, to‘pni pastda ushlagan holda harakat qilishni boshladi. Bu siz tomondan berilgan ko‘rsatma edimi?
Biz birinchi bo‘lim uchun bunday reja qilmagan edik, ammo ikkinchi taym uchun rejalarimizda bu omil bor edi.
Ha, albatta natija boshqacharoq ko‘rinmoqda, biroq jamoangizni o‘yini turdan-turga yaxshilanib bormoqda deb o‘ylaysizmi?
Albatta, g‘alaba qozonish doim yoqimli, ammo biz 3 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapmiz. Afsuski, vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand bermoqda. Shunga qaramay, vaziyatlar yaratilayotganidan xursandman.
Fikrlar