
Kriket. Toshkentning "Anfa" klubi Hindistonda o‘quv-mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston kriket federatsiyasi tomonidan mamlakatimizda kriket sport turini keng rivojlantirish, yoshlar orasida ommaviyligini ta’minlash va turli yosh toifadalarida terma jamoalar va klublarni shakllantirish borasida qator vaziflarni amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, federatsiya raisi Aziz Mixliev tashabbusi va sa’y-harakati bilan Toshkentning "ANFA" kriket klubi jamoasi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazish va T20 formatdagi o‘yinlarda ishtirok etib, tajriba almashish maqsadida ayni paytda Hindiston davlatining Kanpur shahrida bo‘lib to‘ribdi. Bilasiz, Hindistonda kriket sport turi eng ommalashgan sport turi sanaladi. Shu bois ham Hindiston kriket federatsiyasi hamda O‘zbekiston kriket federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Bir oylik safarining ilk kuni 26 noyabrda "ANFA" klubi jamoasi dastlab, Kanpur shahridagi "Green Park Stadium" kriket maydonida "Kanpur Administration Team" jamoasi bilan T20 formatdagi o‘yin o‘tkazdi. O‘quv-yig‘in amaliyot doirasida kecha, 4 dekabr kuni "ANFA" klubi navbatdagi T20 formatdagi musobaqada ishtirok etdi. "Daman, Diu Dadra Nagar Haveli" kriket assotsiatsiyasi taklifiga ko‘ra tashkil etilgan bellashuvlarda "ANFA" jamoasi "Ranji trofi" klubi jamoasi bilan kuch sinashdi.
Hindiston safarida sport delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan federatsiya raisi Aziz Mixlievning bizga xabar qilishicha, "ANFA" jamoasi yigitlari belgilangan rejaga muvofiq, mutaxassislar tomonidan o‘quv-mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Shuningdek, Hindistonning turli shtatlaridagi kriket klublari taklifiga binoan "ANFA" jamoasi nazorat-o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishadi.
Darvoqe, Hindiston ommaviy axborot vositalarida "ANFA" klubi bilan bog‘liq jarayonlar yoritilmoqda. Jumladan, mamlakatning "Asli Azadi" gazetasi sahifasidan "ANFA" klubining raqib jamoa bilan o‘yini haqidagi maqola joy olgan.
Fikrlar