"Krilya Sovetov" - "Rubin" uchrashuvidan keyin stadionda odam o‘ldi
Kecha Rossiya premer-ligasining 15-turidan o‘rin olgan “Krilya Sovetov” hamda “Rubin” jamoalari bahsidan so‘ng stadionda fojiali holat yuz berdi.
Gap shundaki, o‘yin yakunlanishi bilan stadiondagi xavfsizlik xodimlaridan biri (styuard) yurak xurujidan vafot etdi. Rus nashrlari uning o‘limiga stadiondagi muxlislar bilan sodir bo‘lgan janjalda deb yozishmoqda. Biroq, samaraliklar buni inkor etishdi.
Eslatib o‘tamiz, Samaradagi o‘yin 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
Fikrlar