«Kristal Pэlas» Sarr boʻyicha taklifni rad etdi

  • 20.08.2026 13:52
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Kristal Pэlas» hujumchisi Ismaila Sarr katta ehtimol bilan «Galatasaray» safiga o‘tmaydi.

 

Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, «orlar» turkiyalik klub taklif etgan 30 million yevro miqdoridagi transfer summasini rad etgan. London klubi senegallik futbolchini jamoada saqlab qolish niyatida, chunki uni loyihaning asosiy figuralaridan biri deb biladi. Shu bilan birga, manbalarga ko‘ra, Sarrning o‘zi «Galatasaray»ga o‘tish variantiga yopiq emas.

 

Ismaila Sarrga qiziqish faqat Turkiya bilan cheklanib qolmayapti. Unga «Manchester Yunayted» va Londonning «Arsenal» jamoalari ham kuzatuv olib bormoqda. Har ikki klub 28 yoshli hujumchining vaziyatini diqqat bilan o‘rganayotgani aytilmoqda.

 

2025/26 yildgi mavsumda Sarr barcha musobaqalar doirasida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va yana 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!