
Kroos murabbiylik darslariga bormoqda
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Toni Kroos murabbiylik kurslariga yozildi.
Ushbu kurs kamida 7 yil professional futbolchilik faoliyati bilan shug‘ullangan futbolchilar uchun mo‘ljallangan. Ular C toifaga imtihon topshirishlari shart emas.
Nemis futbolchisi "Real" ko‘magida mashg‘ulotlarga yozildi. Ma’lumotlarga ko‘ra ba’zi mashg‘ulotlarni u "Los-Blankos" bazasida o‘tkazadi.
Avvalroq Kroos bolalar akademiyasini yaratgan edi. Biroq, professional murabbiy bo‘lish istagi haqida xabar bermagan.
Fikrlar