Kroos: "Real" rahbariyati Beylning jahlini chiqargan edi

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos jamoadoshi Garet Beyl bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

"Albatta, "Real" Garetni hozirgidek maydonga kam tushishi uchun olib kelmagan.

O‘tgan yozda Beyl ketishni xohlagan edi, klub avvaliga bunga rozilik berdi, biroq yakunda rahbariyat yo‘q, degan javobni aytdi. Chigal vaziyat yuzaga keldi. Balki u bundan ranjigandir, aniq aytib bo‘lmaydi.

Jamoada barchasi joyida, Garetni olti yildan buyon yaxshi bilaman, u bilan birga ko‘plab g‘alabalarni qo‘lga kiritdik", - deydi Kroos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!