Kroos "Real"ga zo‘r yarim himoyachini taklif qildi

  • 18 may, 16:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida "Shtutgart" futbolchisi Anjelo Shtiller bilan qiziqmoqda.

Todofichajes nashrining xabar berishicha, ushbu fulbekni shaxsan jamoaning sobiq futbolchisi Toni Kross tavsiya bergani haqida aytilmoqda.

Transfermarkt portalida Shtillerning transfer bahosi 38 million evro, klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot o‘rnida, u Bundesliganing ushbu mavsumida 32 o‘yinda 1 gol va 8 assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!