
Kuarejma: “Ronalduning bu fikriga qo‘shilmayman. Biroq…”
“Ronaldu Saudiya Arabistonida ham, Evropada ham doim hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Garchi bular butunlay boshqacha turnirlar. Krishtianu Saudiya chempionati top-5 ligalar qatoriga kirishini aytdi. Men bu fikrga qo‘shilmayman.
Biroq, Krishtianu Saudiya Arabistonida yoki boshqa ligada o‘ynasa ham, undan doim eng yaxshi natijalarni kutishimiz kerak. U kuchli va aynan mana shu iroda va qat’iyat unga muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi”, - dedi Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi Evro-2024 musobaqasini 1-turini Chexiyaga qarshi o‘tkazadi. F-guruhidan o‘rin olgan uchrashuv 18 iyun soat 23:59 da start oladi.
Fikrlar