
Kukurelya Messining g‘ayritabiiy odati haqida gapirdi
Mark Kukurelya Lionel Messi bolaligida uni ilhomlantirganini aytdi.
- Messi birinchi raqamli futbolchi. "Barselona"da uning yonida to‘p tepganman va birga mashg‘ulotlar o‘tkazganmiz.
- O‘yinni ko‘rsangiz, Messining ko‘p yurganini ko‘rasiz. Biroq u hamma narsani kuzatadi, vaziyatni o‘rganadi va keyin barcha kerakli ma’lumotlarni olgach, to‘p bilan harakatlanishni boshlaydi. Hamon unda raqib jamoani jazolash uchun barcha sifatlarga ega.
Kukurelya "Barsa" bitiruvchisi hisoblanadi. U "Xetafe"ga o‘tgunga qadar 2012 yildan to 2020 yilga qadar klub tizimida to‘p tepgan.
Fikrlar