Kukurelya «Real»ga o‘tgandan so‘ng bayonot berdi

  • 25.08.2026 13:37
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» jamoasining yangi futbolchisi Mark Kukurelya Madrid klubiga o‘tishi rasm an e’lon qilinganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 24 avgust kuni ispaniyalik himoyachi «qirollik klubi» a’zosi sifatida ommaga tanishtirildi. U Madriddga Londonning «Chelsi» jamoasidan kelib qo‘shildi.

 

Kukurelyaning ta’kidlashicha, u «Real»ga o‘tganidan juda mamnun. U «Santyago Bernabeu»da muxlislar bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutayotganini bildirdi.

 

«Salom, madridistlar! Juda baxtiyorman, bu kun men va oilam uchun juda o‘ziga xos. «Bernabeu»da sizlar bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutyapman. Hala Madrid!» — dedi Kukurelya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!