Kulibali "Yuventus"ga o‘tishi mumkin

  • 03.06.2019 23:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" klubi himoyachisi Kalidu Kulibali navbatdagi top klubning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli senegallik futbolchi uchun "Yuventus" ham kurashga qo‘shildi. Turinliklar tez orada Kulibalining transferi borasida muzokaralarni boshlashmoqchi.

Gap shundaki, Kulibalini shaxsan “Yuventus”ning bo‘lajak murabbiyi Mauritsio Sarri jamoaga olib kelinishini xohlamoqda. Boisi, ular birga “Napoli”da faoliyat olib borishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kulibaliga PSJ ham da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. "Napoli" esa uni 180 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!