Kuman Angliyadan ikki yulduzni tanladi

  • 9 iyun, 2021, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar vaqtida jamoa hujumkorligini kuchaytira oladigan futbolchilarni olib keladi. Ana shu maqsadda, kataloniyaliklar “Manchester Siti” safida Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan Ilkay Gyundog‘an va Riyod Mahrezning agentlari bilan muzokaralarga kirishdi.  

Tecno

Xosep Gvardiola yozda jamoasiga “Aston Villa” etakchisi Jek Grilishni olib kelishini ma’lum qilgan. Bu pozitsiyada Mahrez o‘ynaydi. Shu bois, Riyad boshqa jamoaga o‘tishni istamoqda.

Gyundog‘an manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar ham kataloniyaliklar bilan o‘zaro hamkorlik shartlarini muhokama qilib oldi va bu transfer ham amalga oshishi mumkin.

Mahrez premer-liga o‘yinlarda 27 ta uchrashuvda 9 ta gol va oltita golli pas muallifi bo‘ldi. Ilkay esa, 28 ta bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qildi va ikkita assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!