
Kuman Messining o‘rnini kim egallashini ma’lum qildi
“Barselona” tarkibini qayta shakllantirayotgan Ronald Kuman jamoadan ketish payiga tushgan Lionel Messiga o‘rinbosar topib qo‘ydi.
Kataloniyaliklar “Manchester Siti” bilan bog‘lanib, jamoa hujumchisi Gabriel Jezusni transferi bo‘yicha muloqot olib borgan.
Ma’lumotlarga qarganda, Gabrielni bosh murabbiyning shaxsan o‘zi tanlagan va kelajakda Lionel Messining o‘rnini egallashiga ishonch bildirmoqda. Agar Messi Kataloniyada qoladigan bo‘lsa, Jezus jamoani tark etayotgan boshqa hujumchi – Luis Suares o‘rnini egallaydi.
“Manchester Siti” Messini o‘z safiga chorlamoqda. Tomonlar ushbu transferda Jezusdan foydalanishi mumkin.
Braziliyalik yosh hujumchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 14 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar