Kumanning kutilmagan qarori

  • 24.09.2020 14:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ronald Kuman o‘z shogirdlari qatoriga hech kim kutmagan futbolchini qo‘shishga qaror qildi.

Kataloniyaliklar himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun “Chelsi”da to‘p surayotgan germaniyalik Antonio Ryudigerga og‘iz solmoqda.

“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard ham Ryudigerning yana uch yillik shartnoma borligiga qaramay, klub rahbariyatidan bitimni yangilashni va amal qilish muddatini uzaytirishni so‘rayapti. Shunga qaramay, Lempard nemis futbolchisiga etarlicha o‘yin vaqti bermayotgani uchun Antonio boshqa jamoalar taklifini qabul qilishga tayyor.

Umuman olganda esa, Ryudiger 2017 yildan buyon 115 ta uchrashuv o‘tkazib, oltita gol urgan. Agar iste’dodli himoyachi asosiy tarkibga kira olmasa, Germaniya milliy terma jamoasidagi joyini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Uning o‘zi kelasi yili bo‘ladigan Evropa chempionatida ishtirok etishni istamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!