Kunde «Alaves»ga qarshi oʻyinga qadar safga qaytishi mumkin
«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde jarohatidan tiklanib, shanba kuni «Alaves»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
«Barselona» himoyachisi Jyul’ Kundening Ispaniya chempionati 11-turidan o‘rin olgan «Alaves»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etish imkoniyati yuqori. Uchrashuv kelasi shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Sport nashri xabar berishicha, fransuz futbolchisining chap to‘piği bog‘lamlari cho‘zilishi sababli olgan jarohatidan tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli kechmoqda. Avvalroq ushbu jarohat tufayli Kunde Madriddning «Real» klubiga qarshi bahsni (1:2) o‘tkazib yuborgan edi.
Kunde ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga murojaat qilib, ularni birdamlikka chaqirdi.
«Bu og‘ir hafta bo‘ldi. Hozir har qachongidan ham ko‘proq birdam bo‘lishimiz kerak, “Barselona” muxlislari. Bu davrdan yanada kuchli bo‘lib chiqishimizga shubha yo‘q», — deb yozdi futbolchi.
Jarohat olgan futbolchilar soni ko‘pligi sababli «Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flikning tarkib tanlash imkoniyatlari tobora cheklanmoqda. Germaniyalik mutaxassis asosiy jamoada zahira jamoasi futbolchilarini ham jalb etish imkoniyatini istisno qilmayapti.

Izohlar (0)