Kunni g‘alaba bilan yakunladik!

  • 30.05.2025 17:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyun kunigacha Tailandning Bangkok shahrida xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Bugun ham musobaqaning yarim final bahslari o‘tkazildi.

-75 kg da hamyurtimiz Javohir Abdurahimov va iordaniyalik Zaid Iashash jangi yakunlandi. 

Charm qo‘lqop ustamizning katta ustunligida kechgan to‘qnashuv hisobda ham o‘z aksini topdi. Abdurahimov hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!