Kurash. Sportchilarimiz turnirning umumiy 6 vaznida oltin medalga ega chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Termiz shahri O‘zbek kurashi bo‘yicha xalqaro musobaqaga mezbonlik qilayotganligi haqida xabar bergan edik. Bugun mazkur nufuzli turnirning so‘nggi kuni bo‘lib o‘tdi va unda barcha vaznlarda g‘oliblar nomi aniqlandi.

Xususan, erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida tojikistonlik sportchiga teng keladigan raqib topilmadi:

1-o‘rin - Quvvatov Muhammadrizo (Tojikiston)

2-o‘rin - Xamraev Abdulaziz (O‘zbekiston)

3-o‘rin - Qurbonov Akobir (O‘zbekiston)

3-o‘rin - Seylxan Kanat (Qozog‘iston).

kurash tojik chempion

Erkaklar o‘rtasida -66 kg vaznda kurashchimiz shohsupaning 1-pog‘onasini band etdi:

1-o‘rin - Qobuljon Ahmedov (O‘zbekiston)

2-o‘rin - Amirali Atabek (Qozog‘iston)

3-o‘rin - Ruslan Bo‘riev (O‘zbekiston)

3-o‘rin - Muhammad Yusuf Shuayib (Ag‘foniston).

kurash 6 kg

Erkaklar o‘rtasida -73 kg vaznda quyidagi sportchilar sovrinlik o‘rinlarga loyiq ko‘rildi:

1-o‘rin - Sabir Saparbaev (Qozog‘iston)

2-o‘rin - Umidjon Abdullaev (O‘zbekiston) 

3-o‘rin - O‘rol Sodiqov (O‘zbekiston)

3-o‘rin - Ilsohzoda Husini (Tojikiston).

sobir kurash

Ayollar o‘rtasida +70 kg vaznda g‘olibalar aniqlandi:

1-o‘rin - Poxizaxon Kamoliddinova (O‘zbekiston)

2-o‘rin - Azman Amaeva (Qozog‘iston)

3-o‘rin - Filura Ergasheva (O‘zbekiston)

3-o‘rin - Gusevo Vladleno (Rossiya).

kurash qizlar

Hamda musobaqaning mutlaq vazn toifasida quyidagi sport ustalari shohsupaga ko‘tarildi:

1-o‘rin - Muhsin Xisomiddinov (O‘zbekiston)

2-o‘rin - Dadaxon Qurbonaliev (Tojikiston)

3-o‘rin - Yaxyo Imomov (O‘zbekiston)

3-o‘rin - Ne’matullo Asrankulov (Tojikiston)

muxsin

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz kechagi kun bahslarida ham 3 ta vaznda oltin medalga loyiq ko‘rilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!