Kurtua "Arsenal"ga qarshi uchrashuvgacha safga qaytadimi? Anchelotti javob berdi!

  • 5 aprel, 12:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining 30-turida "Real Madrid" o‘z uyida "Valensiya"ni qabul qiladi. Ushbu bahsdan avval jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matbuot anjumanida ishtirok etib, jamoaning asosiy darvozaboni hisoblangan Tibo Kurtua haqida gapirdi. 
 
"Kurtua ancha yaxshi va u seshanba kuni o‘ynay oladi deb o‘ylaymiz. Bizda biroz noqulaylik sezgan Lunin haqida shubhamiz bor. Agar u o‘ynay olmasa, Gonzalecga to‘liq ishonaman. Uning tajribasi kam, lekin u juda iqtidorli posbon" - deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik mutaxassis. 
 
Xabaringiz bor, bir necha o‘yinlardan buyon Tibo jamoaga yordam bera olmayotgan bo‘lsa, so‘nggi uchrashuvda Lunin ham jarohat olgani ma’lum bo‘lgan edi. 
 
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" 8 apreldan 9 aprelga o‘tar kechasi soat 00:00 da "Arsenal"ga qarshi muhim bahsda ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!