Kurtua bu savolga javob bera olmadi
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua zamonamizning ikki ajoyib hujumchisi - Ronaldu va Messi haqida gapirib o‘tdi.
“Ularning ikkalasi ham o‘zga sayyoradan, deb hisoblayman. Menimcha Ronaldu ko‘proq atletizm, kuch va tezlikdan tarkib topgan. U joy tanlashni biladi. Bu Messiga ham tegishli. U ko‘proq iqtidorli, kutilmagan harakatlarni amalga oshiradi, bir nechta himoyachilarni ortda qoldira oladi. Ularni o‘zaro taqqoslab bo‘lmaydi. Men ularning qay biri kuchli ekanini ayta olmayman. Ularga qarshi o‘ynaganimdan faxrlanaman”, - dedi belgiyalik posbon.
Fikrlar