Kurtua faoliyati davomida 3-marta La Ligada eng zo‘r darvozabon bo‘ldi
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionatining eng zo‘r darvozaboniga beriladigan “Zamora” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Gap shundaki, 28 yoshli belgiyalik posbon joriy mavsum La Ligada bir o‘yinda o‘rtcha o‘tkazilgan gollar bo‘yicha eng past ko‘rsatkichni qayd etgan. U 34 ta o‘yinda o‘z darvozasidan 20 ta gol o‘tkazib yuborgan xolos. Shunda har bir o‘yinga o‘rtacha 0,59 gol to‘g‘ri keladi.
Kurtua bu sovrinni faoliyati davomida 3-marta qo‘lga kiritdi. Bundan avval, u 2012/13 va 2013/14 yilgi mavsumlarda "Atletiko" safida “Zamora” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Fikrlar