Kurtua kelajagi haqida: «Hech narsa hal qilinmagan»
Tibo Kurtua «Real» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha hali yakuniy qaror yo‘qligini, muzokaralar davom etayotganini aytdi.
«Real» jamoasining belgilaylik darvozaboni Tibo Kurtua klub bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan.
«Hali hech narsa aniq emas. Asosan, bu masalani tezda hal qilish mumkin. Oramizda hech qanday muammo yo‘q. Faqat agentim va otam klub rahbariyati bilan ba’zi jihatlarni muhokama qilishga vaqt topishi kerak», — deya darvozabon ta’kidladi.
Tibo Kurtua 2018 yildan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 34 yoshli posbon barcha musobaqalar doirasida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi, 13 ta gol o‘tkazib yubordi va ikki bor darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Kurtua va «Real» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati kelayotgan yozda nihoyasiga yetadi.

Izohlar (0)