Kurtua: “La Liga o‘z xohishi bilan qaror qabul qildi, bu adolatsizlik!”

  • 21 oktabr, 17:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua La Liga o‘yinining AQShda tashkil etilishi borasida o‘z noroziligini bildirdi.

Tecno

UEFA avvalroq istisno tariqasida "Barselona" va "Vilyarreal" o‘rtasidagi bahsni Mayamida o‘tkazishga ruxsat bergan edi. Ushbu o‘yin 20 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

"Bu musobaqa tamoyiliga zid. NBA yoki NFL bilan solishtirish oson, ammo ularda vaziyat boshqacha.

NBAda 82 ta bahs o‘tkaziladi va keyin pley-off bo‘ladi. NFLda esa barcha klublar ovoz berish orqali qaror qabul qiladi. La Liga esa bu qarorni faqat o‘z xohishiga ko‘ra qabul qildi. Bu musobaqaning adolat printsipiga zid holat. 

Biz uyda va mehmonda o‘ynashimiz kerak. Bu ikkisi bir xil emas. La Ligada safarda o‘ynash juda qiyin, buni "Real"ning "Xetafe"ga qarshi bahsida ko‘rdik. "Vilyarreal"ga qarshi mehmon sifatida o‘ynash ham oson emas", — dedi Tibo Kurtua "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!