Kurtua o‘zini xursand qildi

  • 14.08.2020 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” jamoasining chempion bo‘lishiga munosib hissa qo‘shgan Tibo Kurtua kelasi mavsumdan yangi raqamda to‘p suradigan bo‘ldi.

Bungacha 13-raqamda maydonga tushib kelayotgan mashhur golkiper endi nomiga munosib tarzda 1-raqamni oldi.

Tibo Kurtua yakunlangan mavsumda eng kam gol o‘tkazgan darvozabonlarga beriladigan Rikardo Samora sovrinini qo‘lga kiritdi.

Kurtua Belgiya terma jamoasida ham raqam olmashtirgani bilan tanilgan. Avvallari 12-raqamda maydonga tushgan futbolchi 2011 yilda 1-raqamni o‘ziniki qilib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!