Kurtua shaxsiy antirekordini o‘rnatdi
"Real" Madrid darvozaboni Tibo Kurtua kecha La Liganing 3-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga (2:2) qarshi o‘yinda o‘z darvozasidan 2ta gol o‘tkazib yubordi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra 27 belgiyalik posbon shu tariqa Primeroning qatorasiga 11ta o‘yinida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olmadi. E’tiborlisi, bu Kurtuaning shaxsiy antirekordiga aylandi.
Aniqrog‘i, Kurtua "Real"ga o‘tgunicha "Genk", "Chelsi" va "Atletiko" kabi jamoalarda to‘p surgan. Biroq, bu qadar yomon natija qayd etmagan.
Fikrlar