Kutib oling, Jek Della Maddalena - yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni!

  • 11.05.2025 10:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Hozirgina "UFC 315" turniri o‘z nihoyasiga etdi.

Uning asosiy to‘qnashuvida Belal Muxammad va Jek Della Maddalena o‘zaro jang qildi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahsda Maddalenaning qo‘li baland keldi. U barcha raundlarda raqibidan ko‘ra faolroq harakat qilib, yakunda yarim o‘rta vazndagi chempionlik kamariga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qarama-qarshilikdagi natija Islom Maxachevning yarim o‘rta vaznga o‘tish ehtimolini oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!