Kutilmagan holat! PSJ Messi o‘rniga boshqa hujumchi topdi!

  • 12.09.2022 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Fichajes nashrining xabar berishicha, “Pari Sen-Jermen” rahbariyati Lionel Messiga o‘rinbosar qidira boshladi.

Manbaning ta’kidlashicha, parijliklar kelasi yoz “Barselona”ga tegishli bo‘lgan va ketma-ket ikki mavsumdan beri “Atletiko” sharafini himoya qilayotgan Antuan Grizmanni transfer qilmoqchi.

Yaqinda Kataloniya klubi madridliklarning frantsiyalik hujumchini to‘liq sotib olish bo‘yicha taklifini qabul qilmagan edi. “Barselona”  rahbariyati Antuan uchun 40 million evro talab qilyapti. Biroq, Diego Simeone jamoasi bu summani to‘lamaydi.

PSJ rahbariyati Lionel Messiga yangi shartnoma beradi. Lekin shunga qaramay, argentinalik yulduz “Barselona” qaytishi yoki AQShga yo‘l olishi mumkinligini ham inobatga olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!