
Kutilmagan xabar. Konte Sulsherning kursisiga ko‘z tikmoqda!
“Manchester Yunayted”ning Chempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi turida “Yang Boyz”ga imkoniyatni boy bergani bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsherga qimmatga tushishi mumkin.
Ko‘pchilik mutaxassislar yozda katta xarajat qilgan klub xo‘jayinlari “Manchester Yunayted”dan ancha zaif bo‘lgan jamoalardan uchralgan mag‘lubiyatni hazm qila olmasligi mumkinligini ta’kidlamoqda.
O‘tgan mavsumda “Inter”ni Italiya chempioniga aylantirgan Antonio Konte “Manchester Yunayted”ni boshqarishga tayyorligi aytilmoqda. Italiyalik mutaxassis MYudagi moliyaviy salohiyat bilan barcha katta turnirlarda bosh sovrin uchun kurashish imkoniyati borligini ta’kidlamoqda.
Konte Angliya premer-ligasida ishlash tajribasiga ega. U o‘z vaqtida “Chelsi”ni boshqargan. Yaqinda bu mutaxassis “Tottenxem” va “Arsenal” takliflarini qabul qilmadi. Uning sovrinlar uchun kurashadigan qudratli jamoa bilan ishlash istagi bor.
Fikrlar