La Liga. 9 kishi bo‘lib qolgan “Real Sosedad” g‘alaba qozondi
Ispaniya chempionati 5-tur bahslari ilk o‘yinida “Real Sosedad” jamoasi debyutant “Ueska” maydonida safar uyushtirdi.
Qiziqarli va shiddatli kechgan bellashuvda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ushbu o‘yinda hakam har ikki jamoa futbolchilariga jami 7 ta sariq va 2 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.
Qayd etish lozimki, ikkala qizil kartochka “Real Sosedad” futbolchilariga ko‘rsatildi.
Ueska – Real Sosedad 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 64 Merino.
Ueska – Verner, Miramon, Pulido (Gyurler, 84), Ruben Semedu, Luizinyu (Avila, 79), Musto, Melero, Aleks Galyar, Gomes (Longo, 68), Ferreyro, Ernandes.
Real Sosedad – Ruli, Saldua, Elustondo, Moreno, Teo, Merino, Subeldiya, Pardo (Surutusa, 74), Oyarsabal (Rodriges, 90), Bautista (Navas, 85), Xuanmi.
Ogohlantirishlar: Pardo (23), Luizinyu (43), Ernandes (45), Aleks Galyar (65), Xuanmi (71), Longo (76), Ferreyro (90).
Chetlatish: Xuanmi (71), Teo (82).



Fikrlar