La Liga. "Atletiko" kichik hisobda g‘alaba qozondi
La Liganing 28-turida "Atletiko" "Rayo Valekano" mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Molina 22-daqiqada jamoasining qarshi hujumidan foydalanib, hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Ermoso oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. O‘yin so‘nggida Garsiya javob golini urdi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Atletiko" turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. "Valekano" esa 9-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar