La Liga. "Atletiko Madrid" dramatik oʻyinda "Real Sosyedad"ni magʻlub etdi
Bilolbek Imomov
Uchrashuv oʻz nihoyasiga yetdi
La Liganing 27-turida "Atletiko Madrid" o‘z maydonida "Real Sosyedad"ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Hisobni 5-daqiqada Aleksandr Sörlot ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Karlos Soler muvozanatni tikladi.
67-daqiqada Nikolas Gonsales madridliklarni oldinga olib chiqdi, ammo 68-daqiqada Mikel Oyarsabal hisobni yana tenglashtirdi.
O‘yin taqdirini esa 81-daqiqada yana Nikolas Gonsales hal qildi.
Izohlar (0)