La Liga. "Atletiko" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

  • 03.04.2023 02:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko" La Liganing 27-turida "Betis"ni o‘z maydonida qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Bir qancha vaziyatlar bo‘lishiga qaramay, 86-daqiqagacha gol urilmadi. Zaxiradan maydonga tushgan Korrea ajoyib reydi bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 

Shu tariqa, yagona gol uchrashuv taqdirini hal qildi va "Atletiko" turnir jadvalida 3-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. "Betis" esa 5-pog‘onaga tushib ketdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!