La Liga. "Atletiko" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi, "Atletik" esa "Xetafe" bilan durang o‘ynadi
La Liga 10-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - Rayo Valekano" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bahsda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 20-daqiqada Morata uchrashuvda hisobni ochdi. Falkao 90+2-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 20 taga etkazib olgan "matraschilar" La Liga turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 12 ochkosi bor "Valekano" 10-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar