La Liga autsayderlaridan biri "Barselona" futbolchisini sotib olmoqchi
"Selta" klubi "Barselona"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Rafinya Alkantarani sotib olish huquqidan foydalanmoqchi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, vigoliklar braziliyalik futblchi uchun “ko‘k-anor ranglilar”ga 16 mln evro to‘lashga tayyor. Biroq, Rafinya faoliyatini APL yoki A Seriya klubida davom ettirmoqchi va shu sababli ham “Selta”ni rad etishi mumkin.
27 yoshli Alkantara mavsumni “Selta” safida ijarada o‘tkazmoqda. U 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 9,5 mln evroga baholanmoqda.



Fikrlar