La Liga. "Barselona" kichik hisobda g‘alaba qozondi
La Liganing 21-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal" - "Barselona" bahsi mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yindagi yagona gol 18-daqiqada Pedri tomonidan kiritildi. Ispaniyalik futbolchi Levandovskining pasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Barselona" turnir jadvalida 56 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Endilikda klubning eng yaqin ta’qibchisi "Real" bilan oradagi farq 11 ochkoga etdi.
Fikrlar