La Liga. “Barselona” “Las-Palmas”ni “sezmay” o‘tdi

  • 14 yanvar, 2017, 22:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Ispaniya chempionati 18-turida “Barselona” o‘z maydonida “Las-Palmas” futbolchilarini qabul qilib, 5:0 hisobida zafar quchdi.

Kataloniyaliklarning yirik g‘alabasiga Luis Suares dubli bilan, Lionel Messi, Arda Turan va Aleish Vidal esa bittadan goli bilan hissa qo‘shdi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona" ochkolari hisobini 38 taga etkazib, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. 

Barselona – Las-Palmas 5:0

Gollar: 1:0 – 14 Suares, 2:0 – 52 Messi, 3:0 – 57 Suares, 4:0 – 59 Turan, 5:0 – 80 Aleish Vidal.

Barselona – ter Stegen, Aleish Vidal, Umtiti, Alba, Andre Gomesh (Rakitich, 62), Maskerano, Rafinya, Buskets (Mate, 73), Turan, Messi, Suares (Pako Alkaser, 68).

Las-Palmas – Varas, Lemos, Elder Lopesh, Masedo, Garsiya Santana (Artiles, 34), Boateng, Viera, El-Jar (Livaya, 74), Gomes (Garsiya, 62), Dominges, Mesa.

Ogohlantirishlar: Mesa (2), Rafinya (25), Maskerano (29), Andre Gomesh (32), Elder Lopesh (41), Boateng (55), Livaya (77).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!