Husanov Lamin Yamalni to‘xtata oladimi?

  • 15.09.2025 17:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Tez orada Evropa futbolining eng nufuzli musobaqasi – Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi o‘yinlar boshlanadi. Bu raundda jami 36 ta jamoa ishtirok etadi va ularning har biri sakkiztadan o‘yin o‘tkazadi.

Umumiy bosqich ishtirokchilari uyda va safardan to‘rttadan uchrashuvda maydonga tushadi. Bu bosqichda kuchli sakkizlikka kirgan jamoalar nimchorak finalga chiqadi. 9-24-o‘rin sohiblari nimchorak finalga chiqish uchun pley-offda qo‘shimcha ikkitadan uchrashuvda kuch sinashishiga to‘hri keladi.

Joriy mavsumda bosh sovringa da’vogarlar orasida Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” ham bor. Ushbu jamoa etakchisi Lamin Yamal qit’aning eng nufuzli turnirida g‘olib chiqish yo‘lidagi eng asosiy raqiblarni sanab o‘tdi.

- Chempionlar ligasidagi asosiy raqobatchilarimiz kimlar? Birinchi navbatda, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Real”, “Bavariya” va “Pari Sen-Jermen”. Bu jamoalarning bari har doim g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan bo‘lib kelgan, - dedi Lamin Yamal.

Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov yangi mavsumda Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan yagona o‘zbek futbolchisi hisoblanadi. 21 yoshli himoyachimiz oxirgi ikki yil ichida “Lans” va “Manchester Siti” tarkibida Chempionlar ligasida o‘ynadi. Ayniqsa, o‘tgan mavsum “Santyago Bernabe” stadionida “Real” bilan bo‘lgan bahsda o‘zbek futbolchisining madridliklar yulduzi Vinisius Juniorga qarshi o‘yini ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Xo‘sh, Chempionlar ligasining yangi mavsumida Abduqodir Husanov qaysi jahon yulduzlariga to‘qnash keladi?  Xususan, “Siti” kataloniyaliklarga duch kelsa, himoyachimiz raqib hujumchisi Lamin Yamal  to‘xtata oladimi?

Gvardiola Donnarumma kelganidan xavotirga tushgan Traffordni tinchlantirdi

Yozgi transferlar davrida “Manchester Siti”da jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, jamoaning asosiy darvozaboni Ederson Turkiya chempionatiga yo‘l oldi.

“Shaharliklar” 31 yoshli braziliyalik posbon o‘rnini Jeyms Trafford va Janluiji Donnarumma bilan kuchaytirdi.

Klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan va “Byornli”dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin Manchesterga qaytarilgan Jeyms Trafford kelishi bilan asosiy darvozabon maqomini o‘ziniki qilib olgandi.

Ammo “shaharliklar” jahonning eng zo‘r darvozabonlaridan hisoblangan Janluiji Donnarummani qo‘lga kiritganidan keyin Trafford kelajagidan xavotirga tusha boshladi.

Bunga bosh murabbiy Xosep Gvardiola munosabat bildirdi.

- Trafford  ham “Manchester Siti” darvozaboni. Men maydonga faqat bitta posbonni tushira olaman. Ammo mavsum uzoq davom etadi. Shu bois, xavotirga o‘rin yo‘q, hamma futbolchiga o‘yin vaqti beriladi.

Balki ular orasida bunga ishonmayotganlar bordir, bari gapim rostligiga amin bo‘lishadi, - dedi Xosep Gvardiola.

Gvardiola “Real” yulduzini olib kelishni talab qilyapti

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoada davom etayotgan avlodlar almashinuvi davrida tarkibni kuchaytiradigan o‘yinchilar transferiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ispaniyalik mutaxassis hamon “Real” hujumchisi Rodrigo Goesni olishga qiziqyapti. Gvardiolaga braziliyalik yulduzning universalligi ma’qul kelgan.  Tajribali murabbiy Rodrigo uning o‘yin uslubiga ideal darajada mos tushishini ta’kidlayapti.

Estadio Deportivo va CaughtOffside kabi manbalar Xosep Gvardiola rejasini amalga oshirish imkoniyati borligini yozmoqda. Ularning ma’lum qilishicha, yozda Rodrigoga avval 100 million, keyinroq 90 million evro talab qilgan “Real” rahbariyati xaridor topa olmaganidan keyin talabini pasaytirishga qaror qildi.

Endi “Qirollik klubi” Rodrigo bo‘yicha 80 million evrodan boshlangan takliflarni ko‘rib chiqishga va savdo bo‘yicha muzokaralarga kiritishishga tayyorligini aytilmoqda.

Bu summa “Manchester Siti” uchun muammo emas.  24 yoshli Rodrigoning o‘zi agar mavsumning birinchi yarmida etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmasa, yanvarda boshqa klublar bilan muzokara boshlashni mo‘ljallab qo‘ygan.

Shomurodov qaysi mashhur klublarga gol urgan?

Husanov Gvardiolani lol qoldirdi...

“Manchester Yunayted” yulduzlarini o‘tkazmagan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Gol urgan Shomurodov haqida ustozi nima dedi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!