
La Liga. "Betis" safarda "Malaga"ni mag‘lub qildi
Ispaniya chempionati 16-turida "Malaga" jamoasi o‘z maydonida "Betis" futbolchilarini qabul qilib, kutilmaganda 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida Leon hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqada Kamarasa hisobni oshirdi va "Betis"ning ishonchli g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Malaga – Betis 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 24 Leon, 0:2 – 50 Kamarasa.
Malaga – Roberto, Ernandes, Diego Gonsales, Rosales, Bess, Keko (Ontiveros, 55), Resio, Gonsales (Rolan, 39), Chori Kastro, Baston, Penyaranda (En-Nesiri, 67).
Betis – Adan, Mandi, Amat (Garsiya, 73), Durmisi, Feddal, Fabian Ruis, Sanches (Ruibal, 85), Telo, Kamarasa (Matias Nauel, 77), Barragan, Leon.
Ogohlantirishlar: Rosales (42), Barragan (71), Sanches (84), Ontiveros (90).
Chetlatish: Gonsales (61).
Fikrlar