
La Liga. Chempionlikni rasmiylashtirgan "Barselona" mag‘lub bo‘ldi. "Real" Mbappe va Bellingemning gollari evaziga g‘alaba qozondi. "Atletiko" esa "Betis"ni yirik hisobda yutdi
Ispaniya La Ligasining 37-turidan o‘rin olgan "Barselona", "Real Madrid" va "Atletiko" ishtirokidagi bellashuvlar o‘z nihoyasiga etdi.
Flik shogirdlari o‘z uyida "Vilyarreal"ni qabul qilib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Jamoa o‘tgan turda ichki chempionatdagi chempionlikni rasmiylashtirgan edi.
Karlo Anchelottining "Real Madrid"i esa safarda "Sevilya" bilan kuch sinashib, 0:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Mbappe esa bu uchrashuvda ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan holda, to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlikni mustahkamladi (28). Uning asosiy taqibchisi Levandovskida esa 25 ta gol mavjud.
Diego Simeone boshchiligidagi "Atletiko Madrid" esa bu turda "Betis"ni qabul qilib, yirik 4:1 hisobida raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum

Barselona
- Fermín López 45'
- Lamine Yamal 38'

Villarreal
- Ayoze Pérez 4'
- Santi Comesaña 50'
- Tajon Buchanan 80'
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum

Seviliya
18.05.2025 22:00

Real Madrid
- Kylian Mbappé 75'
- Jude Bellingham 87'
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum

Atletiko Madrid
- Julián Álvarez 10'
- Robin Le Normand 45'
- Julián Álvarez 75'
- Ángel Correa 90'
18.05.2025 22:00

Real Betis
- Pablo Fornals 67'
Fikrlar