
La Liga debyutanti o‘ziga yangi bosh murabbiy topdi
Yangi mavsumda Ispaniya La Ligasida ishtirok etadigan "Ueska" klubi Leo Frankoni jamoa bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 41 yoshli argentinalik mutaxassis ushbu lavozimda yaqindagina “Espanol”ga o‘tib ketgan Rubining o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, "Ueska" Leo Frankoning shaxsiy murabbiylik faoliyatidagi ilk jamoa hisoblanadi. Asli darvozabon hisoblangan Franko futbolchilik faoliyati davomida "Independent", "Malorka", "Atletiko", "Galatasaroy", "Saragosa", "San-Lorenso" va "Ueska" klublarida to‘p surgan. U shuningdek Argentina terma jamoasi safida 5ta uchrashuvda ishtirok etgan.
Fikrlar