La Liga. Gonsalo Garsiyaning benefisiga aylangan uchrashuvda “Real Madrid” “Betis”ni tor-mor etdi
La Liganing 18-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahs yakuniga yetdi.
Madridning “Real” klubi o‘z uyida “Betis”ni qabul qilib yirik hisobda g‘alaba qozondi. Dastlab, 20-daqiqada madridliklar forvardi Gonsalo Garsiya boshi bilan gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 5-daqiqasida Garsiya yana gol urib oradagi farqni ikkita oshirdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib Raul Asensio boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etib hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 66-daqiqada “Betis” futbolchisi Ernanides oradagi farqni bitta qisqartirgan bo‘lsa, 82-daqiqada Garsiya xet-trikni rasmiylashtirib, oradagi farqni yana 3 taga oshirdi. 90+4 daqiqada esa Fran Garsiya gol urib o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.4:1. O‘yin yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va “qirollik klubi” o‘z hisobiga 3 ochko yozdirib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “qaymoqranglilar” 45 ochko bilan 2-pog‘onani band etdi.
Fikrlar