
La liga hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i Messining golini hisobga olmagan hakamni qo‘llab-quvvatladi
Ispaniya hakamlar qo‘mitasi prezidenti Viktoriano Sanches Arminio Ispaniya La ligasi 13-turidan o‘rin olgan “Valensiya” – “Barselona” (1:1) o‘yinida Lionel Messi tomonidan kiritilgan “toza” golni inobatga olmagan hakamni qo‘llab-quvvatladi.
“Odamlarga hakamlarga hujum qilish yoqadi, ularni qo‘llab-quvvatlash emas. Iglesies Vilyanueva o‘yinni juda yaxshi boshqarib bordi. Bu vaziyatni esa baholash juda qiyin edi.
Men u bilan dushanba kuni gaplashdim. Uni ayblash nohaqlik bo‘ladi. Men unga bu vaziyatni tezroq esdan chiqarishi lozim ekanligini aytib o‘tdim. U o‘zini o‘nglab olishi va ishida davom etishi kerak”, – deb aytib o‘tdi hakamlar korpusi boshlig‘i.
Fikrlar