
La Liga. Mbappening dubli "Real"ga g‘alaba keltirdi
La Liganing 28-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahsda "Vilyarreal" va "Real Madrid" jamoalari to‘qnash keldi.
Mazkur o‘yin taqdiri birinchi bo‘limning o‘zida hal bo‘ldi - 1:2.
Dastlab 8-daqiqada mezbonlar himoyachisi Markos Foyt jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o‘tgach Kilian Mbappe kuchlarni tenglashtirgan bo‘lsa, uning 23-daqiqadagi ikkinchi goli mehmonlarga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Real Madrid" navbatdagi muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir peshqadamiga aylanib oldi.
Fikrlar