
La Liga. Messida ikki gol, "Barselona"da durang
Muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritgan "Barselona" so‘nggi turni safarda "Eybar"ga qarshi o‘tkazdi. "Munisipal de Ipurua" stadionida kechgan uchrashuv jangovar durang bilan nihoyasiga etdi - 2:2.
Mark Kukurelya hamda Pablo De Blisislar tomonidan kiritilgan gollarga mehmonlar safida Lionel Messi ikkita to‘p bilan javob qaytardi.
Shu tariqa, kataloniyaliklar 87 ochko bilan mavsumni 1-o‘rinda yakunladi. 47 ochko to‘plagan "Eybar" esa 12-pog‘onani band etdi.
Fikrlar